BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TARBIYAVIY ISHLARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Authors
  • Xusnidin Orziqulov

    Qo‘qon universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi p.f.b.f.d.(PhD), v.b. dotsenti

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axloqiy, an’anaviy, ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalasi, o‘qituvchining mehnat faoliyatida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar samarasi va uning o‘ziga xosligi, olimlarning bu boradagi fikr mulohazalari atroflicha bayon etilgan. Mazkur mavzu bugungi kunda taʼlim tizimining eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib, u boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini har tomonlama yetuk va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – yosh oʻqituvchilarga maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik va insonparvarlik tuygʻularini shakllantirish, shuningdek, pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan samarali metod va texnologiyalarni aniqlash, boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar mazmuni va tamoyillari, bu ishlarni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar, maʼnaviy-psixologik shart-sharoitlarni yaratish va samaradorligini taʼminlashga qaratilgan. Mavzuning ahamiyati shundaki, boshlangʻich taʼlim – bu shaxsning maʼnaviy poydevori quriladigan davr boʻlib, bu jarayonda oʻqituvchi shaxsining oʻrni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun boʻlajak oʻqituvchilar nafaqat oʻquv fanlarini oʻrgatuvchi, balki maʼnaviy yetuk, maʼrifatli va tarbiyaviy jihatdan bilimdon shaxs sifatida shakllanishi zarur, mavzu doirasida oʻqituvchilarning sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishdagi pedagogik mahorati, ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlash usullari, shuningdek, madaniyat va sanʼat imkoniyatlaridan tarbiya jarayonida foydalanish kabi masalalar tahlil etiladi.

References

1. Гафиатулина Н. Х. Духовно-нравственная безопасность современной молодежи / Н. Х. Гафиатулина // Вестник института истории, археологии и этнографии. — 2017. — № 1(49). — С. 134–144.

2. Дульнева Т. М. Аспекты духовно-нравственного развития личности гражданина России / Т. М. Дульнева // Национальные приоритеты России. — 2018. — № 1(28). — с. 74–83.

3. Шестопал Е. Б. Социокультурные угрозы и риски в современной России / Е. Б. Шестопал // Социологические исследования. — 2018. — № 10. — С. 90–99.

4. Mavlonova R., Vohidova N.X., Rahmonqulova N.H. Pedagogika nazariyasi va tarixi (o‘quv qo‘llanma) –T.Fan va texnologiyalar: 2010 y.

5. Щукина Г. И. Прoблема познавательного интереса в педагогике / Г. И. Щукина. — М.: Педагогика, 2006. — 216 с. Ярославцева Е. В. Инновационные формы и методы духовно-нравственного воспитания младших школьников / Е. В. Ярославцева // Психология и педагогика: методика и проблемы практического применения. — 2015. — № 43.- С.97–101.

6. Сакиянова, К. В. Особенности, условия и методы духовно-нравственного воспитания младших школьников / К. В. Сакиянова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 38 (433). — С. 226-228. — URL: https://moluch.ru/archive/433/95026/ (дата обращения: 20.05.2025).

7. Orziqulov, X. (2025). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING TARBIYAVIY FAOLIYATGA DOIR KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK SHART SHAROITLARI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 14, 109-111.

8. Orziqulov, X. (2024). BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK KOMPONENTLIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(5), 228-230.

Published
2025-10-08
Section
Maqolalar
License

Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

How to Cite

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TARBIYAVIY ISHLARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. (2025). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 16, 81-84. https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1255