SANOAT KORXONALARNING EKOLOGIK-IQTISODIY FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASHNING QUYI TIZIMINI RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v13i.1011Keywords:
ekologik xavfsizlik, sanoat korxonalari, QQS, ekologik tadbirkorlik, ekologik tovar, atrof-muhit.Abstract
Ushbu tadqiqot ishining maqsadi sanoat korxonalarining ekologik-iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning quyi tizimini rivojlantirishning ahamiyatini o‘rganishdir. Ma’lumki, sanoat tarmoqlari ekologik ta’sirni kamaytirish va resurslarni tejash bo‘yicha samarali tizimlarni joriy etish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ijro etilayotgan ekologik siyosatlar, energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash va yashil texnologiyalarni tatbiq etish orqali, sanoat sektori nafaqat tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni, balki iqtisodiy barqarorlikni ham ta’minlashi mumkin.
Ishda, sanoat korxonalarining ekologik-iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan davlatning roli, normativ-huquqiy bazasi va ilg‘or amaliyotlar ko‘rib chiqiladi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun samarali boshqaruv tizimi, ekologik standartlarga rioya etilishi va iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari muhim ahamiyatga ega. Ekologik-iqtisodiy faoliyatning samarali integratsiyasi sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlashga yordam beradi va jahon bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.
Shu bilan birga, ishlanma natijalari ekologik texnologiyalarni joriy etish va ular asosida yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishga oid istiqbollarni ham ko‘rsatib beradi. Rivojlangan tizimning asosiy tamoyillari va amaliy ko‘rsatmalari sanoatning ekologik va iqtisodiy o‘sishini boshqarishda muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Mirziyoyev, S. (2021). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo'yicha davlat boshqaruvi tizmini takomillashtirish to'g'risida.“Yangi O'zbekiston. https://lex.uz/docs/-6600413 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida
Sustainable Development of Industrial Enterprises Based on Ecologization. (2015). Mediterranean Journal of Social Sciences, 6(3 S5), 119. https://www.richtmann.org/journal/index.php/mjss/article/view/6760
Burkhanov Aktam Usmanovich (2015). Industrial policy and development of industrial systems in Uzbekistan. European journal of economics and management sciences, (3), 23-28. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/industrial-policy-and-development-of-industrial-systems-in-uzbekistan
Sayfullaev, S., Valikulova, D., & Sabirov, K. (2024, July). Modern Intelligent Security Analysis Systems for Corporate Networks. In 2024 5th International Conference on Image Processing and Capsule Networks (ICIPCN) (pp. 717-719). IEEE. https://ieeexplore.ieee.org/abstract/document/10660888
https://www.glavbukh.ru/art/100856-kto-osvobojden-ot-uplaty-nds
Sabirov Khasan Nusratovich, & Talibjanov Khurshidbek (2023). Relative importance of factors affecting sustainable development of small business. Science and innovation, 2 (Special Issue 14), 788-794. https://zenodo.org/records/10160206
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.